Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Internetda bezorilik. Asosiy atamalar.

25.01.2021 • 09:31

Internetning rivojlanishi bilan koplab ijtimoiy tarmoqlarning xodimlari ozlarining maydonchalari u qadar ham xavfsiz emasligidan va foydalanuvchilarni chochitayotganidan tashvish bildirishmoqda va internetdagi zararlarga qarshi kurash mexanizmlarini ishlab chiqishmoqda. Quyida sizmimg etiboringizga internetdagi tajovuzkorlik holatlarining turi va shakliga kora alohida ajralib turuvchi va u yoki bu jihatdan onlayn tajovuzkorlikka yohud zararlarga oid bolgan bir qancha atamalarni keltirib otamiz.

Kiberbulling (cyberbulling) — maqsadli va takrorlanib turuvchi zarar, shu jumladan internet-texnologiyalar va elektron-devyslardan foydalanib uzoq vaqt mobaynida qasddan haqorat qilish, tahdidlar va obrosizlantiruvchi malumotlarni boshqalarga yetkazib turish[1].

Kibermobbing (cybermobbing) – kiberbullingning ozi, faqat bu orinda tajovuzkor bir kishi emas, balki bir guruh shaxslar boladi.

Trolling (cybertrolling; trolling – blesna (baliq ovlash uchun qarmoqqa boglanadigan yaltiroq baliqcha) bilan baliq ovlash) turli internet-manbalarda boshqa foydalanuvchilarni munozaraga jalb etish maqsadida foydalanuvchilar ortasida bir-birini haqorat qilishgacha borib yetadigan nizolarni keltirib chiqarish va rivojlantirish maqsadida sarkazm, igvo, gij-gijlash yoki yumor mazmuniga ega maqola yoki xabarlarni joylashtirish [2].

Xeyting (hate) — aniq bir inson, bir guruh odamlar, hodisalarni, aksariyat hollarda oz nuqtai nazarini asoslamagan holda irratsional tanqid qilish, ular haqida salbiy izoh va xabarlar yozish [1].

Fleyming (flaming) — aksariyat hollarda chat va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda, beixtiyor tomonlardan birining haqoratlariga qoshilib ketuvchi kop sonly odamlarni jalb etgan holda,   haqoratlarning qizib ketishi, hissiyotga berilib bir-biriga gap tashlashlar.   

Kiberstalking (cyberstalking; to stalk — taqib qilish, kuzatib yurish) — qurbonni uning ozi yoki oila azolari bilan sodir bolishi mumkin bolgan noqonuniy xatti-harakatlar yoki zarar yetkazishlar bilan qorqitish maqsadida takrorlanib turuvchi tahdidli, xavotir va asabbuzarlik uygotuvchi xabarlar jonatish yoli bilan taqib qilish.  

Grifing (griefers) — kop foydalanuvchili onlayn-oyinlarda oyinchilar boshqa oyinchilarni aniq maqsad bilan taqib qilishi jarayoni. Ularning maqsadi o‘yinda yutish emas, balki boshqalarni o‘yindan lazzat olishdan mahrum qilish.

Seksting (sexting) — shantaj va obro‘sizlantirish maqsadida yalang‘och va yarim yalang‘och odamlarning foto-, va videomateriallarini e’lon qilish va tarqatish. 

Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.  

Manbalar:

  1. Кирилл Хромов (30.05.2018). Кибербуллинг. Postnauka.ru. Получено: https://postnauka.ru/longreads/86459.
  2. Animatika.ru. Получено: https://animatika.ru/info/gloss/trolling.html

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.