Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot shovqini va to‘lqinlari.

30.04.2021 • 09:17

Bizga har yondan, turli manbalardan, haq daqiqada axborot oqimi kelib turadi. Biz Facebookda yoki Instagramda yangiliklarni o‘qiymiz, xabarlar tasmasini varaqlab bir chetdan hamma narsani ko‘rib chiqamiz, televizor ko‘ramiz, radio tinglaymiz, jurnallarni o‘qiymiz, tashqi reklamalarni ko‘zdan kechiramiz, muloqot qilamiz. Natijada juda katta miqdordagi filtrlanmagan axborotlatni olamiz. Bu «axborot sdovqini» deb ataladi! Bunday oqimdan axborotni ozlashtirish, uni tahlil qilish, muhimlarini ajratib olish mushkul boladi. «Axborot shovqini»ning asosiy xavfi ana shundau voqea-hodisa atrofida faktlar kam bolgan, koproq turli talqinlarga fikrlar, sharhlar, talqinlar, aslida bolgan voqeaning buzib korsatilishi, oylab topilgan va feyk dalillarga asoslangan xabarlar oqimini yuzaga keltiradi. Oqibatda, inson endi axborotlarni tahlil qilimay, ularning magzini chaqmay qoyadi, u oddiy axborot oqimiga moslasha boradi va uning mazmun-mohiyatiga kirib bormaydidiagonal boyicha oqish»).

Voqea-hodisalar haqidagi qisqa vaqt oraligida axborot makonini toldiradigan yorqin, tamtaroq yangiliklarning kopligi «axborot tolqinlari» deb nomlanadi. Ular bir necha kun ichida haqiqatda ham sodir bolgan koplab voqea-hodisalarning inikosi bolishi mumkin, ammo odatda aksariyat hollarda ular suniy hodisa boladi. Odatda, axborot tolqinlari media guruhi tomonidan biror bir mavzuga etiborni tortish yoki aksincha, voqea-hodisa, holat, shaxsdan etiborni boshqa narsaga chalgitish (agar gap biror bir janjalli vaziyat haqida ketayotgan bolsa) maqsadida tashkil qilinadi. Boshqacha aytganda, axboriy sabab (voqea-hodisa) atrofida xuddi suvdagi portana kabi media iqtiboslar, baholar, turli talqinlar, boshqa keskinlikni oshiruvchi boshqa media effektlari paydo boladi. Axborot to‘lqinlari shakli va tarqatilishi xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘ladi.

Manbalar:

ОФ «Международный центр журналистики «MediaNet», 2021. Учебное пособие «Медиа и информационная грамотность»

Что такое информационный шум и как с ним бороться, Е.Кнутов, ссылка https://lifehacker.ru/informatsionnyj-shum/

Болотнов А.В., 2015. Информационные волны и их типы в современном медиадискурсе: к постановке проблемы, Вестник ТГПУ. №6 (159)

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.