Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Zararli botlar – ular qaysilar?

24.11.2021 • 08:08

«Bot» («robot» so‘zining qisqartmasi) – oldindan sozlab qo‘yilgan takrorlanadigan vazifalarni avtomatik ravishda bajaruvchi dastur.  Botlar odatda foydalanuvchining xatti-harakatlariga taqlid qiladi yoki ularning o‘rnini egallaydi. 

«Yaxshi» botlar foydali vazifalarni bajaradi, «yomon» yoki zararli botlar esa buzib kirish, spam tarqatish, josuslik qilish, har qanday hajmdagi veb-saytlarni buzish va faoliyatini to‘xtatib qo‘yish uchun qo‘llanilishi mumkin.   

 

Zararli botlarning turlari:

 

Spam-botlar aloqalar yoki mehmonlar kitoblari sahifalaridan elektron pochta manzillarini yigishi mumkin. Bundan tashqari, ular malum bir saytlarga trafikni jalb qilishi maqsadida forumlar yoki izohlar bolimlarida reklama kontentini joylashtirishi mumkin.

Zararli chat-botlar haqiqiy insoniy muloqotga taqlid qilib, ozini tirik odam sifatida korsatishga urinadi. Aksariyat hollarda asosiy maqsadi shaxsiy malumotlarga, shu jumladan kredit kartalari raqamlariga ega chiqish bolgan zararli dasturlar bilan muloqot qilayotganini bilmagan odamlar ularning qurboni bolishadi.

Fayllar almashish uchun botlar foydalanuvchidan sorov oladi (masalan, mashhur film yoki musiqiy albom borasida) oladi hamda unga javoban ozlarida yuklab olish mumkin bolgan fayl mavjudligini malum qilib, havolani taqdim etishadi. Foydalanuvchi havola orqali otib, uni yuklab oladi va ochib koradi hamda shu vaqtda uning kompyuteri zararlanadi.

Hisobga olish malumotlarini toldirish bunday botlar ozlariga malum foydalanuvchilarning hisobga olish malumotlaridan ruxsatsiz foydalanish uchun sahifalariga kirish maqsadida ularning ism-shariflari va parollarini (odatda ular malumotlarning sizib chiqishi natijasida olinadi)  kiritishadi.

DoS va DDoS-botlarbu yerda botlar tomonidan keragidan ortiq trafik server resurslariga ortiqcha yuklama tushirish va servislar faoliyatini toxtatib qoyish uchun qollaniladi.  

Internet-dokonlarga hujumlar internet-dokonlarga qaratilgan boladi; ularning maqsadimahsulotlarni sotuvda mavjud emas qilib korsatishdan iborat. Hujum paytida bu turdagi zararli botlar xaridlar savatchasidan foydalanish imkoniyatini qolga kiritadi va internet-dokonda mahsulotlarni tanlaydi va ularni savatchaga joylaydi, lekin xaridni oxiriga yetkazmaydi. Natijada, haqiqiy xaridor mahsulot sotib olmoqchi bolganida, garchi mahsulot mavjud bolsada, uning sotuvda yoqligi haqida xabar beriladi.

Zaif joylarni izlash bu turdagi botlar millionlab saytlarni zaif joylarini aniqlash maqsadida tekshirib chiqishadi va aniqlangan zaifliklar haqida xabar beradi. Veb-sayt egasini bundan ogohlantiradigan «yaxshi» botlardan farqli ravishda zararli botlar bu malumotlarni oz yaratuvchisiga yetkazadi, u esa oz navbatida ularni sotadi yoki ulardan saytni buzib kirish uchun foydalanadi.

Kliklarni kopaytirish uchun botlar firibgarlik maqsadida pullik reklamaga maxsus yonaltirilgan juda kop miqdordagi zararli trafikni yaratadi. Pullik elonlarga otishning ushbu firibgarlikka asoslangan trafiklari reklama beruvchilarga milliardlab dollar zarar keltiradi, chunki u aksariyat hollarda legal reklama ostiga yashiringan boladi.

Trafik monitoringi ushbu botlardan pochta serverlariga yuklamalarni oshirib yuborish hamda yirik hajmdagi ogirliklarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.    

 

Manba:

«Что такое боты – определение и описание» Получено: https://www.kaspersky.ru/resource-center/definitions/what-are-bot

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.